Rasman! Toni Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

  • 2 iyul, 2021, 21:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

31 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasini tark etish qarorini bor e’tiborini klubdagi faoliyatiga qaratishi va oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish istagi bilan izohlagan.

Kroos Bundestim sharafini 2010 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 106 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 19 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Toni Kroos 2014 yilda Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!