Rasman! "Tottenxem" darvozabon sotib oldi

  • 28.06.2023 00:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Gulelmo Vikario "Tottenxem"ga o‘tdi.

Angliya klubi "Empoli" darvozaboni transferini e’lon qildi. “Tottenxem” darvozabonning transferi uchun 19 million evro to‘lagan.

Vikario 2021/22 yilgi mavsumdan beri Italiya klubida to‘p surmoqda. U o‘tgan yili A Seriyada 31 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Gulelmo allaqachon Italiya terma jamoasiga chaqirilgan, biroq hamon terma safida debyut qilmagan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!