Rasman! Uzoq muhokama qilingan transfer amalga oshdi. Rus klubi 19 yoshli futbolchimiz bilan shartnoma imzoladi
Rossiyaning "Rubin" klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev transferi borasida kelishuvga erishdi.
Futbolchimiz qishda "Bunyodkor" bilan amaldagi shartnomasi yakuniga etgach, Qozon jamoasi safiga borib qo‘shiladi va yangi klubi bila 3.5 yillik shartnoma imzolaydi.
Shuningdek, bugun yosh va iqtidorli futbolchimiz 19 yoshni qarshi oldi. U joriy mavsum Superliga doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar