Rasman! Xazenxyuttl APL klubi bilan shartnomasini uzaytirdi
"Sautgempton" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ralf Xazenxyuttl bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Endi avstriyalik mutaxassis APL klubini kamida 2023/24 yilga qadar boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, Xazenxyuttl "Sautgempton"ni 2018 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoasi ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida 34 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar