Rasman: "Yuventus" yangi transferni e’lon qildi (foto)
“Yuventus” “Marsel” hujumchisi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
Polsha terma jamoasi hujumchisi Turin klubiga ijara asosida o‘tdi.
Oldinroq frantsuzlar 28 yoshli futbolchi uchun bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 2 million evro olishi ko‘zda tutilgan edi. Shuningdek, “Yuventus” 2022/23-yilgi mavsum yakunida futbolchini 8 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
28 yoshli Milik o‘tgan mavsumda "Marsel"ning 37ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 20 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar