Rasmiy xabar! "Bunyodkor" brazil va serb futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi (foto)

"Bunyodkor" yangi futbolchilar bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘z oldiga doimo jiddiy maqsadlarni qo‘yadigan “Bunyodkor” mavsumni yuqori o‘rinlarda yakunlash maqsadida tarkibni kuchaytirdi.

So‘nggi ikki kun ichida bir yo‘la ikki nafar xorijlik futbolchi “qaldirg‘och”ga aylandi. Xususan, kecha braziliyalik chap qanot himoyachisi Velington Taira “Bunyodkor” libosini kiygan bo‘lsa, bugun serbiyalik yarim himoyachi Milan Marchich bilan shartnoma imzolandi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Tairaning so‘nggi jamoasi Moldovaning “Belts”i bo‘lsa, Marchich mavsumning birinchi qismini o‘z yurtida “Mladost” klubida o‘tkazgan", - deyiladi xabarda.

Ikki futbolchi haqida ma’lumot:

VELINGTON TAIRA.

Tug‘ilgan sanasi: 10.04.1996.
Fuqaroligi: Braziliya. 
Ampluasi: chap qanot himoyachisi.
So‘nggi klubi: “Belts” (Moldova).
Bo‘yi: 1.78 sm. Vazni: 77 kg.

brazili

MILAN MARChICh.

Tug‘ilgan sanasi: 14.03.1996 yil.
Fuqaroligi: Serbiya .
Ampluasi: yarim himoyachi.
So‘nggi klubi: “Mladost” (Serbiya).
Bo‘yi: 1.85 sm. Vazni: 81 kg.

serb

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ADBLOCKER
22/07/2023 19:04
Beg'amov Bunyodkorga qachon kelgan?