Rasmiy xabar: "Chelsi" yana bir transferni e’lon qildi

"Chelsi" klubi "Lion" himoyachisi Malo Gustoni xarid qildi. Bu haqda "arristokratlar" rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.

Frantsiyalik futbolchi London klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U mavsum so‘ngiga qadar "Lion"ga ijaraga berildi. Fabritsio Romanoning yozishicha, "Chelsi" Maloning transferi uchun 30 million evro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Gusto joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga hammualliflik qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!