
Raul Anchelottining o‘rnini egallashi mumkinligi haqidagi savollarga to‘liq javob berdi!
Raul Gonsales hozirda "Real Madrid Kastilya"ning bosh murabbiyi, kelajakda asosiy jamoani boshqarish ehtimoli haqidagi savollarga javob berdi. Avvalroq xabar berilishicha, agar Karlo Anchelotti yozda klubni tark etsa, uning o‘rnini eng asosiy nomzodlardan biri sifatida aynan Raul ko‘rilayotgan edi.
"The Athletic" nashri ma’lumotiga ko‘ra, Anchelotti futbolchilarga o‘z qarorini — mavsum tugagach klubni tark etish niyati borligini — ma’lum qilgan.
Shunga qaramay, Raul bu masalada hali aniq hulosa qilishga shoshilmaydi:
"Men bu erda baxtliman. Hozir men o‘zim istagan joydaman. Vaqti kelganda vaziyat baholanadi va klub qaror qabul qiladi, agar bunday qaror qabul qilinsa, albatta. Bu haqda hali hech narsa ma’lum emas" – dedi u "Kastilya"ning so‘nggi uchrashuvidan keyin.
Eslatib o‘tamiz, Raul "Kastilya"ni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda.
Fikrlar