Ravshan Haydarov: "O'yin bo'yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo'q"

  • 17.01.2026 19:56
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

U-23 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Xitoy bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi.

Seriyada Xitoy o‘smirlar terma jamoasi 4-2 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi. Bellashuvdan so‘ng termamiz ustozi Ravshan Haydarov mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi.

"Assalomu alaykum barchaga. Biz o‘yinni 120 daqiqa nazorat qildik, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Biroq oldingi chiziqda kreativlik yetishmadi. Xitoy biz kutgandek himoyada juda tartibli o‘ynadi. 

Bollarga e’tirozim yo‘q. Ular turnir davomida borini berib harakat qildi. Bugun bizni kunimiz emas ekan. Barcha futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular qo‘ldan kelgacha harakat qildi. Muxlislardan uzr so‘rayman. O‘yin bo‘yicha hech qanday uyaladigan joyimiz yo‘q. 

Biz barcha statistikalarida ustunlik qildi. Mana shundan kelib chiqib, hisob o‘yinga mos bo‘ldimi?

Statistika, o‘yin nazorati, bosim - har tomonlama bizda ustunlik. Futbolda shunaqa bo‘ladi, gol urishimiz kerak. Hujumda bizga kreativlik yetishmadi. 

O‘zgarishlarga keladigan bo‘lsak, zahiramizda hujum chizig‘ini kuchaytiradigan futbolchi yo‘q edi. Ibraimov sariq kartochkalari borligi sabab o‘yinni o‘tkazib yubordi. Oldingi chiziqqa tushirilgan Rustam Fominda ikkita vaziyat bo‘ldi, biroq u bundan foydalana olmadi. Biz eng kuchli 11 futbolchini asosiy tarkibda maydonga chiqargan edik. Haydarov esa o‘yinga kirishib keta olmadi.

Men raqib jamoasini kuchli yoki zaif tomonini gapirib o‘tirmayman. Bizga qarshi o‘ynagan Xitoy terma jamoasi juda tartibli, rejaga amal qiladigan va intizomli ekani ko‘rinib turibdi. Zaif tomonini esa Vyetnam murabbiylar shtabi aniqlashadi. 

Xitoy darvozaboni ajoyib harakat qildi. U bundan oldingi o‘yinlarda ham juda ko‘plab vaziyatlarda jamoasini qutqardi. Uning darvozasi tomon zarbalar berdik. Zarbalarimiz kuchli chiqmadi va posbonning penaltilardagi saviyasi ko‘rinib turibdi. Uni yorqin kelajak kutmoqda", - dedi Haydarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
18/01/2026 14:22
РАВШАН Хайдаров ФАКАТ кушнини уйига карашга урганиб колганми дейман сенда захирада уйинчинг БУЛМАСА МУХЛИСЛАР айбдорми ойликни отни калласидек оласан шунга караб уйинчи танла Бир пазитсияга Камила 3-4 та юкори савияли УЙИНЧИЛАРНИ танла СЕНСИЗ хам шу уйинчилар шу ИШНИ киларди Хар Бир ИНСОН нонини ХАЛОЛЛАБ ейиши керак мутлока мураббийликка нолойик одамсан.