Rayan Garsiya WBC chempioniga aylandi

  • 22.02.2026 11:34
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

AQShning Las-Vegas shahrida professional boks oqshomi o‘tkazildi.

Markaziy jangda esa Ryan Garsiya va Mario Barrios o‘zaro kurash olib bordi. Shiddatli kechgan bahsda Garsiya hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozonib, yarim o‘rta vaznda WBC chempioniga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kechada hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziev ham ishtirok etib, ganalik Sena Agbekoni 7-raundda texnik nokautga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!