"Real" - dunyoning eng qimmat tarkibiga ega klub!

  • 09.10.2024 13:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

CIES (International Center for Sports Studies) ekspertlari dunyoning eng qimmat tarkibiga ega klublar reytingini tuzib chiqdi. Bu borada birinchi o‘rinni "Real" egalladi, uning umumiy narxi 1,728 milliard evro.

"Qirollik klubi"dan so‘ng ikkinchi o‘rinda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi qayd etildi. Premer-liganing amaldagi chempioni tarkibidagi futbolchilarning ayni damdagi umumiy narxi 1,471 milliard evroni tashkil etadi.

Kuchli o‘nlikdan "Arsenal", "Barselona", "Liverpul", PSJ, "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Bayer" klublari joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!