
"Real", "Arsenal", "Sevilya" va "Atletiko" klublari sobiq futbolchisi vafot etdi
Ispaniyalik mashhur futbolchi Xose Antonio Reyes pogib avtoxalokat qurboni bo‘ldi. U endigina 35 yoshda edi.
Ma’lumot uchun, Reyes "Sevilya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Arsenal", "Real", "Atletiko", "Benfika", "Espanol", "Kordova", "Sintszyan Tyanshan Leopard" va "Estremadura" klublarida to‘p surgan.
Ispaniya terma jamoasida esa 2003-2006 yillarda o‘ynagan. 21ta o‘yinda maydonga tushib 4ta gol urgan.
Ta’kidlash kerakki, Reyes Evropa ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchilardan biri hisoblanar edi. U faoliyati davomida ushbu sovrinni 5 marta qo‘lga kiritgan.
Fikrlar