“Real”, shu futbolchimizni 150 million evroga ol!

  • 08.11.2025 16:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal” rahbariyati Ispaniya La Ligasi etakchisi “Real”ni jiddiy qiziqtirib qo‘ygan yulduzni sotib yuborishga qaror qildi.

Fichajes nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” mutasaddilari Deklan Raysning mahoratidan hayratda va u bilan hamkorlik o‘rnatishni istayapti.

“Kanonirlar” bu transferga qarshi emas. Biroq madridliklar angliyalik yarim himoyachini olishi uchun 150 million evro to‘lashi kerakligini aytilmoqda. Aslida londonliklar jamoaning yuragiga aylangan 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga oshiqayotgani yo‘q. Ammo klub g‘aznasiga mo‘may daromad tushirish uchun katta summani qabul qilishga qarshi emas.

Deklan Raysning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi. Transfermarkt ekspertlari uni 120 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!