"Real", "Yuventus" va "Borussiya D" bir futbolchi uchun kurashmoqda
"Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres "Real" va "Yuventus" klublarining qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ushbu grandlar “ko‘rshapalaklar” bilan shartnomani uzaytirishni istamayotgan 19 yoshli futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishmoqda.
Aytish kerakki, Torresga shuningdek “Borussiya” Dortmund ham qiziqmoqda.
Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum “Valensiya” safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan, tovon puli esa 100 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar