Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Alvarеs uchun 150 million yevro taklif qildi, "Atletiko" rad javobini berdi

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

Al’varesga "Barselona" va PSJ ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Real Madrid" rasmiy sayti orqali klub "Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares uchun 150 million yevro taklif qilganini ma'lum qildi.

Biroq "matraschilar" rahbariyati taklif uchun minnatdorchilik bildirgan holda uni rad etdi. Madriddliklar futbolchini sotmaslik qarorini qabul qildi va bunga Alvares shartnomasida belgilangan tovon puli sabab bo'lganini ta'kidladi.

Forvard 2024 yil avgustidan buyon "Atletiko" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yildgi mavsumda forvard barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali argentinalik futbolchining bozor qiymatini 100 million yevroga baholamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning iyuniga qadar amal qiladi. Shartnomada 500 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Avvalroq OAVda Alvaresga "Barselona" va PSJ ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q