"Real" Angliya chempionatidagi eng zo'r darvozabonni olib keladi
Madridliklar Tibo Kurtua o‘rniga nomzod qidiryapti
«Arsenal» darvozaboni David Rayya «Real» skautlari diqqat markaziga tushdi. Bu haqida MatchDay Central nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi Rayyani Tibo Kurtua uchun ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, «Real» yaqin vaqt ichida Kurtua bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshlashni rejalashtirayotgani aytilmoqda. Shu sababli, ispaniyalik darvozabonni qachon va qay tarzda olib kelish masalasi hozircha ochiq qolmoqda.
Joriy mavsumda David Rayya «Arsenal» tarkibida 9 o‘yin o‘tkazdi. U shu bahslarda 5 ta gol o‘tkazib yuborgan, 6 ta o‘yinni esa darvozasini sof saqlagan holda yakunlagan. Darvozabonning «kanonirlar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda ispaniyalik posbon Angliya premer-ligasida «Oltin qo‘lqop» sovrinini qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar (0)