"Real" "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni kuzatmoqda
"Real Madrid" "Barselona" hujumchisi Ferran Torresning kelajagini diqqat bilan kuzatib bormoqda. U Ispaniya terma jamoasi tarkibida 2026 yildgi jahon chempionati finalida g‘alabali gol muallifi bo‘lgan edi. Bu haqida L’Equipe nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Torres o‘zini "Barselona"ning uzoq muddatli rejalariida ko‘rmayapti. Unga ko‘ra, klub 2027 yil yozida tugab qoladigan shartnomani uzaytirishga jiddiy qiziqish bildirmayapti. Shu bilan birga, kataloniyaliklar 26 yoshli futbolchini taxminan 50 million yevro atrofida baholamoqda. Klub shartnomani uzaytirish ehtimolini ham to‘liq rad etmayapti. 2026 yildgi jahon chempioniga PSJning qiziqishi ham hanuz saqlanib qolgan.
O‘tgan mavsumda Torres barcha musobaqalar hisobga olinganda 49 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar