"Real" Beyldan tezroq qutilish yo‘lini topdi

  • 14.07.2020 15:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" uelslik vinger Garet Beyldan joriy yozgi transferlar davridayoq qutilmoqchi.

ABC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa rahbariyati ayni damda 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ish olib bormoqda. Boisi, Beylni sotib olish istagini bildirgan jamoalar topilmadi, uning “Qirollik klubi”da qolishi esa yanada ko‘proq muammolar keltirib chiqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Beylning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning yillik maoshi esa 17 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!