Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real” bir nuqtaga uchta zo‘r futbolchi topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer bozori qaynaydigan bo‘lyapti

Jurnalist va insayder Fabrizio Romano Madridning “Real” jamoasi Daniyel Karvaxal ketganidan keyin o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun uch nomzodni ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, madridliklarning asosiy variantlari “Inter” himoyachisi Denzel Dumfris va “Tottenxem Xotspur” futbolchisi Pedro Porro hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, zahira varianti sifatida Lissabonning “Sporting” klubida o‘ynayotgan yana bir ispaniyalik himoyachi Ivan Fresneda ko‘rilmoqda. Uning o‘yinini kuzatish uchun skautlar yuborilgan.

Karvaxal “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoa asosiy tarkibida 2013 yildan beri uzluksiz o‘ynab kelayotgan edi.

May oyida futbolchi klubni tark etishini ma’lum qildi. O‘tgan mavsumda Karvaxal barcha musobaqalarda 22 ta o‘yinda qatnashdi.

Umuman olganda, u “Real” safida 451 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 66 ta golli uzatma bergan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q