“Real” bir o‘yinchidan qutila olmadi

  • 10 sentabr, 2024, 11:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yozgi transferlar vaqtida murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan himoyach Xesus Valexodan qutilishga harakat qilib ko‘rdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, madridliklar “Granada”dan ijaradan qaytgan o‘yinchiga shartnomani muddatidan oldin bekor qilish va shartnoma bo‘yicha qolgan maoshini to‘liq to‘lab berishni taklif qilgan. Yana bir yillik shartnomasi amalda bo‘lgan 27 yoshli futbolchi bu taklifni qabul qilmadi.

“Saragosa” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Valexo 2015 yili “Real”ga olib kelingan. Markaziy himoyachiy to‘qqiz yil davomida atigi 31 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.

Xesus Valexo asosiy tarkibga kira olmagani bois shu paytga qadar “Ayntraxt”, “Vulverxempton” va bir necha yil davomida “Granada”da ijarada o‘ynab keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!