“Real” Braziliyadan yangi noyob iste’dodni topdi. U 100 million evro turadi

  • 18.12.2025 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real Madrid” Lotin Amerikasida faol kuzatuv ishlarini olib bormoqda va “Palmeyras”ning 21 yoshli hujumchisi Allanni nishonga oldi.

Bu futbolchining Libertadores Kubogi yarim finalidagi yorqin o‘yini madridlik skautlarning diqqatini tortdi.

Klubga yaqin manbalarga ko‘ra, Allan har ikkiq anotda kuch, tezlik va kreativlik orqali o‘yinni kuchaytirish uchun o‘rta muddatli sarmoya sifatida ko‘rilmoqda. Qolarvesa, o‘yinchining texnikasi va driblingiga yuqori bahola berilyapti.

Madridliklar Allanning o‘sishini diqqat bilan kuzatmoqda. U joriy mavsumda 46 ta o‘yinda 2 gol va 5 assist qayd etgan. “Palmeyras” o‘z o‘yinchisining shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirdi va unga 100 million evro atrofida badal puli belgiladi.

Allanni “Real”dan tashqari Angliya Premer-ligasining badavlat klublaridan “Chelsi” va “Manchester Yunayted” ham nishonga olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!