
“Real” bu futbolchini katta klublar changalidan yulib olmoqchi
“Real Sosedad” himoyachisi Robin Le Normanning xaridorlari ko‘payib ketdi. Bu futbolchiga Angliyaning “Manchester Yunayted” va “Liverpul” kabi katta klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Robin uchun kurashga “Real” ham qo‘shildi. Madridliklar ispan futbolchisini angliyaliklarga berib qo‘ymoqchi emas.
26 yoshli Robin Le Norman Ispaniya terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Shuningdek, u Evropa Chempionlar ligasidagi ishonchli o‘yinlari bilan ham grand klublar e’tiborini o‘ziga jalb qilmoqda.
Himoya markazida ishonchli o‘ynayotgan Robin bugungi kunda 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar