"Real" darvozaboni APLga ko‘chib o‘tishi mumkin!

  • 02.03.2024 13:52
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real" posboni Andrey Lunini faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ukrainalik kiperning xizmatlariga "Nyukasl" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi Luninga 6 millionlik maosh taklif qilishga tayyor. 

"Qaymoqranglilar"ning asosiy posboni Tibo Kurtua jarohat olgan sababli Lunin ayni damda jamoaning asosiy darvozaboni bo‘lib turibdi. "Qirollik klubi" "Chelsi"dan Kepani oldi, biroq Andrey ishonchli o‘yini bilan raqobatda yutib chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli darvozabonning Madrid grandi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!