
"Real" De Xea uchun 70 mln evro to‘lashga tayyor
Madridning “Real” klubi “Manchester Yunayted” darvozaboni Davida De Xeani sotib olish fikridan hamon qaytgani yo‘q.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati joriy mavsum yakunlangach “Atletik” posboni Kepu Arrisabalaguni 50 mln evroga sotib olgandan ko‘ra ispaniyalik golkiperga 70 mln evro to‘lashni afzal ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, “Real” bundan avvalroq De Xeani qo‘lga kiritishga ikki marta urinib ko‘rgan edi. Uning MYu bilan shartnomasi esa 2019 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar