“Real” dunyo futboli tarixidagi eng qimmat formani yaratmoqda

  • 10.03.2026 15:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

​Dunyodagi eng mashhur klub — “Real Madrid” o‘z futbolkalarining narxini osmongа ko‘tarishga qaror qildi. Gap futbolkaning do‘kondagi narxi haqida emas, balki undagi homiylar to‘laydigan pul haqida ketmoqda.

Yaqinda sport nashrlarida bir ma’lumot tarqaldi: “Real”ning gaznasida naqd pul kamayib qolibdi (atigi 3,4 mln yevro). Xavotirga o‘rin yo‘q, klubning boyligi milliardlab yevroni tashkil etadi, lekin xarajatlar ham juda katta.

O‘tgan yozda jamoani kuchaytirish uchun 165 million yevro sarflandi. Mashhur “Santyago Bernabeu” stadionini ta’mirlash ishlari hali ham katta mablag‘ talab qilmoqda.

Klub prezidenti Florentino Peres vaziyatdan chiqish yo‘lini topdi. Hozirda “Real” o‘z formasi orqali yiliga 260 million yevro ishlab topadi. Bu dunyodagi eng katta ko‘rsatkich bo‘lib, “Manchester Yunayted” va “Barselona”nikidan ancha ko‘p.

Lekin Peresga bu ham kam! U ushbu summani 300 million yevroga yetkazmoqchi.

​Kimlar pul to‘laydi?

​Emirates (aviakompaniya) — asosiy homiy bilan yangi va qimmatroq shartnoma tuziladi.

​Adidas — kiyim yetkazib beruvchi brend ham ko‘proq to‘lashi kerak bo‘ladi.

​HP — formaning yengidagi reklama uchun ham narxlar oshadi.

Xullas, yaqin orada “Real Madrid” futbolkasi dunyo futboli tarixidagi eng qimmat “reklama maydoni”ga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!