"Real" Endrikni ijaraga bermoqchi

  • 5 mart, 20:34
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Real Madrid" hujumchi Endrikning jamoadan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

"TodoFichajes" nashrining xabar berishicha, Madrid klubi yozda braziliyalik futbolchini ijaraga berishi mumkin. Bu orqali hujumchi boshqa jamoada ko‘proq o‘yin amaliyoti hamda tajriba orttirishi mumkin.

Shuningdek, "Real"da Endrik haqidagi yakuniy qaror mavsum yakunida, jamoaning kadrlar holati inobatga olinib qabul qilinadi. Endrik "Real"ni tark etsa, yangi jamoa topishda qiyinchilikka duch kelmaydi.

Avvalroq, yosh futbolchiga bir nechta klub, jumladan, "Vest Xem" va "Marsel" qiziqish bildiraayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Endrik "Real"ning 27 ta o‘yinida ishtirok etdi. Biroq maydonda bor-yo‘g‘i 490 daqiqa (har bir o‘yinda o‘rtacha 18,15 daqiqa) o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!