“Real” etakchisi Bellingem “Barsa”da porlagan yulduzga havas qilishini aytdi
“Real”ning yangi o‘yinchisi Jud Bellingem yangi chempionatda to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekordlarni yangiladi.
20 yoshli angliyalik futbolchi qaysi o‘yinchilarning ustun tomonlarini o‘zlashtirib olishni istashini aytib o‘tdi.
- Men tug‘ma ravishda har ikki oyoqda futbol o‘ynay olishni istayman. Men haqiqatan ham Usmon Dembele singari har ikki tomondan burchak to‘pini oshira oladigan va shunga o‘xshash narsalarni uddalaydishan futbolchilar o‘yinini kuzatishni yaxshi ko‘raman.
Shuningdek, men Kayl Uokerdek tezkorlikka ega bo‘lishni orzu qilaman. Agar men unga o‘xshab tezkor bo‘lganimda, boshqa o‘yinchilarning yonidan teo‘z yugurib o‘tib ketardim, - dedi Jud Bellingem.

Fikrlar