Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Real» futbolchisi «Milan»ga o‘tishi mumkin

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Real»ning 20 yoshli hujumchisi Endrikni qishki transfer oynasida «Milan» ijaraga olishni ko‘rib chiqmoqda

«Real» futbolchisi «Milan»ga o‘tishi mumkin

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Endrik yana bir bor Italiya­ning «Milan» klubi diqqat markazida turibdi.

 «Rossoneri» qishki transfer oynasida yosh forvardni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Milan klubi braziliyalik futbolchini yozdayoq o‘z safiga qo‘shib olishga urin­gan, ammo o‘sha paytda «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo kelishuvni to‘xtatib qolgan edi.

Manbalarga ko‘ra, Endrikka bo‘lgan qiziqishni «Roma» ham namoyon qilmoqda. Shunga qaramay, futbolchining agentligi bilan yaqin hamkorlik munosabatlariga ega bo‘lgani uchun «Milan» bu kurashda muayyan ustunlikka ega, deya ta’kidlanmoqda.

Yangi mavsumda 20 yoshli Endrik Ispaniya chempionatida faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi va hali gol yoki samarali uzatma bilan ajralib turmadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q