"Real" futbolchisi uchun APL klublari kurashadi
"Real"ning chap qanot himoyachisi Serxio Regilon faoliyatini Angliya klubida davom ettirishi mumkin.
Xabaringiz bor, 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgandi. Angliyaning yana bir klubi "Tottenxem" himoyachi uchun kurashishga tayyor, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Regilonni 25 mln evroga sotib olish mumkin, bu pullarni APLning ikkala klubi ham to‘lab berishga qodir. Ushbu haftada muzokaralar tezlashishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumni "Sevilya"da ijara asosida o‘tkazgandi va yangi mavsumda ham shu jamoada bo‘lishi mumkin.



Fikrlar