U-17 Jahon chempionati. O‘zbekiston va Tojikiston mag‘lubiyatga uchradi, Saudiya Arabistoni Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozondi
Qatar mamlakatida 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda. "I", "K", "L" va "J" guruhlaridagi 2-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu turda Osiyo qit’asi vakillari — O‘zbekiston U-17 va Tojikiston U-17 terma jamoalari mag‘lubiyatga uchradi. Saudiya Arabistoni esa Yangi Zelandiyani engishga muvaffaq bo‘ldi.
Quyida 8 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijalari bilan tanishing:
Chexiya U-17 1:2 Burkina-Faso U-17
Uganda U-17 1:1 Chili U-17
Mali U-17 0:3 Avstriya U-17
Frantsiya U-17 0:0 Kanada U-17
AQSh U-17 2:1 Tojikiston U-17
Paragvay U-17 2:1 Panama U-17
Irlandiya U-17 2:1 O‘zbekiston U-17
Saudiya Arabistoni U-17 3:2 Yangi Zelandiya U-17

Fikrlar