
"Real" futbolchisi uchun mavsum muddatidan avval yakunlandi
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal joriy hafta UEFA Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Chelsi"ga (1:1) qarshi dastlabki o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan.
AS nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi joriy mavsum boshqa maydonga tusholmaydi. Biroq “qirollik klubi” EChL finaliga chiqsa, Karvaxal ushbu o‘yinga qadar sog‘ayishi mumkin. Ammo shunda ham u o‘yinga jismonan to‘liq tayyor bo‘la olmaydi.
Dani Karvaxal joriy mavsum “Real” safida La Ligada bor yo‘g‘i 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda jamoasining 4 ta goliga assistentlik qildi.
Zinedin Zidan boshchiligidagi “Real” 33 turdan so‘ng Ispaniya chempionatida “Atletiko”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Hamshaharlar orasidagi farq 2 ochkoni tashkil etadi.
Fikrlar