
"Real" futbolchisiga APL klubidan xaridor chiqmoqda
"Real" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini "Vulverxempton"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda Express nashri.
"Bo‘rilar" 23 yoshli serbiyalik futbolchini jarohatlangan Raul Ximenesga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Oldinroq, "Vulverxempton" "Liverpul" hujumchisi Divok Origiga qiziqayotgani xabar qilingan edi.
2020/21 mavsumda Yovich "Real" safida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.
Fikrlar