"Real" futbolchisiga APLning uchta klubi qiziqmoqda
Madridning "Real" klubi darvozaboni Andrey Lunin Angliya Premier-ligasining bir qator klublari qiziqishlari doirasida.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, darvozabon xizmatiga "Tottenxem", "Brayton" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo ularga futbolchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi, chunki Luninning "Real" bilan mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. "Qaymoqranglilar" o‘z futbolchisi uchun qancha pul so‘rashi hozircha noma’lum.
Lunin "Real" safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u faqat ikkita uchrashuvda maydonga tushdi va beshta gol o‘tkazib yubordi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Luninning narxi 15 million yevroga teng.
Fikrlar