Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real"ga Angliya chempioni kerak

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Katta transfer bo‘ladi

Madridning «Real» jamoasi Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Mikel Merino bilan qiziqayapti. Bu haqida Fichajes nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Qirollik klubi» 30 yoshli futbolchini ancha vaqtdan beri kuzatib kelmoqda, ammo hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan. Ayni paytda «Arsenal» Merino bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda. 

Yangi mavsumda u jamoada kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani bois, londonliklar uni 30–40 million yevro atrofidagi summaga sotish imkonini ko‘rib chiqishi mumkin.

Joriy mavsumda Merino barcha musobaqalarni hisobga olganda yettita uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor gol urdi. Shu bilan birga, qayd etilishicha, Angliya premer-ligasida u jami 81 daqiqa o‘ynashga ulgurgan, xolos.

Ispaniyalik yarim himoyachining «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q