
"Real" Gonsalo Garsiya bilan shartnomani uzaytirdi
Madridning "Real" klubi 21 yoshli hujumchi Gonsalo Garsiya bilan yangi shartnoma imzoladi. Yangi kelishuv 2030 yil 30 iyunigacha amal qiladi va unda futbolchining to‘liq shartli qiymati 1 milliard evro etib belgilangani xabar qilingan.
Garsiya 2014 yil 10 yoshida "Real" akademiyasiga qo‘shilgan va keyingi o‘n yilni klubning yoshlar tizimida o‘tkazdi. So‘nggi ikki mavsumni u "Kastilya" safida o‘tkazgan.
Ispan futbolchisi 2023 yil noyabrida "Real" asosiy tarkibida debyut qilgan bo‘lib, endi u doimiy ravishda birinchi jamoa a’zosi sifatida harakat qiladi.
Fikrlar