"Real" hali Rodrigo borasida bir qarorga kelmadi

  • 02.04.2024 20:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Rodrigo Silva yozgi transferlar oynasida "Real"ni tark etishi mumkin. Kilian Mbappening ehtimoliy transferi va Endrikning kelishi, braziliyalik hujumchining ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

So‘nggi haftada OAVda "Liverpul"ning Rodrigoga qiziqish bildiriyotgani haqida xabarlar chiqmoqda. Mersisaydliklar 23 yoshli futbolchiga 80 million evro berishga tayyor. "TodoFichajes" nashri xabariga ko‘ra, "Real" hali Rodrigoning kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. U La Liganing so‘nggi o‘yinida "Atletik"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etdi va "qirollik klubi"dagi muhim figuralardan biri ekanini tasdiqladi. 

Eslatib o‘tamiz, 30-turdan so‘ng "qaymoqranglilar" 75 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!