Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" hujumchisi Germaniyaga yo‘l olishi mumkin

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Ammo bir muammo bor

"Real" hujumchisi Gonsalo Garsiya faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. 

Insayder Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, "Shtutgart" straykerni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Klub uni sotib olishni maqsad qilgan, lekin Madrid jamoasi futbolchini ijaraga berishi mumkin. 

Gonsalo klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 4 ta gol urib, ko‘plab klublar e’tiborini tortgandi. Xabi Alonso "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuvda ham uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. 

Ma’lumot uchun, 21 yoshli ispanning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q