"Real" hujumchisi yozda jamoani tark etmoqchi
Madridning "Real" klubi futbolchisi Rodrigo yozda jamoani tark etmoqchi. Bu haqida "The Touchline" nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ning hozirgi holatidan juda norozi. Futbolchining fikricha, u hozirda "Lyon"da gullab-yashnayotgan Endrikdan ham ko‘proq salohiyatga ega ekanligiga ishonadi. Vingernig atrofidagilar Rodrigo yozda "qaymoqranglilar" safini tark etish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqayotganini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi 2019 yildan beri madridliklar safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida hujumchi 296 ta bellashuvda maydonga tushishga erishdi. Shu uchrashuvlarda u 71 ta gol kiritdi va 57 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Fikrlar