"Real" hujumchisini Angliyaga sotib yubordi

  • 30.07.2026 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» tarbiyalanuvchisi, yosh hujumchi Gonsalo Garsiya faoliyatini Angliyaning «Fulxem» klubida davom ettiradi. COPE nashri xabariga koʻra, madridliklar London jamoasi bilan transfer boʻyicha kelishuvga erishgan. Kelishuv qiymati taxminan 70 million evroni tashkil etadi.

Maʼlumotlarga koʻra, «Real» shartnoma doirasida futbolchini qayta sotib olish boʻyicha ustuvor huquqni oʻzida saqlab qolgan. Bu esa kelajakda Gonsalo Garsiyani yana Madrid klubiga qaytarish imkonini beradi.

22 yoshli forvard oʻtgan mavsumda «Real»ning asosiy tarkibida 39 ta oʻyin oʻtkazdi. U shu davr mobaynida 8 ta gol urdi, shularning 6 tasi Ispaniya chempionati — La Ligada qayd etildi.

«Fulxem» safida Gonsalo Garsiyani jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa qoʻl ostida oʻynaydi. Yosh hujumchi avvalroq ham «Real»ning yoshlar jamoalarida aynan shu mutaxassis bilan birga ishlagan. 2024/25 yildgi mavsumda Garsiya Ispaniyaning uchinchi divizionida 36 oʻyinda maydonga tushib, 25 ta gol muallifi boʻlgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!