"Real" Iskoni sotishga tayyor, ammo...

  • 20.06.2019 23:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Iskoni sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Biroq, bu boradagi vaziyat unga bo‘ladigan takliflarga bog‘liq.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchiga "Yuventus", "Milan" va "Manchester Siti" klublaridan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ammo, ularning hech biri hozircha “qirollik klubi”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishmagan.

Ma’lumot uchun, Isko o‘tgan mavsum La Ligada jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!