
"Real" ispaniyalik hujumchini o‘z safiga qo‘shib oldi
"Real" Madrid klubi "Espanol" hujumchisi Xoseluni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
"Qirollik klubi" uni 2024 yilga qadar ijaraga oldi. Shuningdek, shartnomada sotib olish optsiyasi bor. Agar madridliklar ushbu bandni faollashtirsa, Kataloniya klubiga 1.5 million evro to‘lab beradi.
Qayd etish lozim, Xoselu yaqinda bo‘lib o‘tgan Ispaniya hamda Italiya terma jamoalari o‘rtasidagi Millatlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan bahsda "qizil furiya"ning g‘alaba golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar