Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Real” katta yo‘qotishga duch kelganini e’lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Madridliklar muammolar girdobida

Madridning “Real” klubi mavsumning qizgʻin pallasida katta yoʻqotishga duch keldi. Klub rasmiy sayti orqali “Xetafe” bilan oʻyinda shikastlanganiga qaramay, oʻyinni davom ettirgan Rodrigo Goesning jarohati jiddiy boʻlib chiqqanini eʼlon qildi.

Braziliyalik futbolchi oʻng oyogʻ tizzasidan shikastlangan edi. Tekshiruvlardan keyin maʼlum boʻlishicha, uning xochsimon bogʻlamlari uzilib ketgan.

- Oʻtkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasiga koʻra, futbolchimiz Rodrigoda oʻng oyogʻ old xochsimon bogʻlami va tashqi paylari uzilishi aniqlandi, - deyiladi “Qirollik klubi” bayonotida.

Avvalroq, Marca nashri 25 yoshli vinger mavsum qolgan qismini va 2026 yildagi jahon chempionatini oʻtkazib yuborishini xabar qilgan edi.

Braziliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 26-turida “Xetafe”ga (0:1) qarshi oʻyinda jarohat olgan. U jarohatga qaramay bahsni davom ettirgan va 55-daqiqada maydonga tushib, oʻyinni oxirigacha oʻynagan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q