“Real” ketishi kutilgan o‘yinchiga katta shartnoma beradi
“Real” yarim himoyachisi Dani Sebalos bir necha mavsumdan beri boshlang‘ich tarkibning muqim o‘yinchisiga aylanish uchun kurashib keladi.
Nihoyat, 26 yoshli yarim himoyachi bu mavsum murabbiylar shtabi ishonchini qozona oldi.
El Debate nashrning ma’lum qilishicha, madridliklar Sebalosga to‘rt yillik shartnoma taklif qilmoqda va uning maoshini sezilarli darajada oshirishga qaror qilgan.
Bungacha, “Qirollik klubi” bir necha marotaba futbolchidan qutilishga qaror qilgandi. 2017 yili “Betis”dan xarid qilingan Dani Sebalos orada bir marta “Arsenal”da ijarada o‘ynab ham kelgan.
Fikrlar