"Real" keyingi murabbiy sifatida Enco Mareskani tanladi
«Real»dan kutilmagan qaror: Enco Mareska nomzod sifatida ko‘rilmoqda
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enco Mareska kelgusida Ispaniya chempionatida ishlashni davom ettirishi mumkin.
Bu haqida Indykaila News nashri xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, «Real» rahbariyati italyalik mutaxassisning «Manchester Siti»dagi faoliyatini yaqinidan kuzatib bormoqda. Madrid klubi Mareskaning jamoadagi holati va natijalarini sinchiklab tahlil qilayotgani aytilmoqda.
Xabarga ko‘ra, kelgusida «Real» «shaharliklar» ustozini o‘z safiga qo‘shib olishga urinishi ehtimoldan xoli emas.
Eslatib o‘tamiz, Enco Mareska joriy yil yozida «Manchester Siti» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning «shaharliklar» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar