“Real” Kloppning eng zo‘r shogirdini olmoqchi

  • 28 aprel, 2024, 14:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Qirollik klubi” kelasi yoz tarkibini yanada kuchaytirish uchun futbolchi tanlamoqda.

Aslida madridliklarning tarkibi juda qudratli. Biroq kelajak uchun yanada mustahkamlanishi kerak bo‘lgan pozitsiyalar bor. Xususan, “Real” anchadan beri o‘ng qanot himoyasiga nomzod qidiryapti. Yoshi o‘tib qolgan Dani Karvaxal har doim ham kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti.

Todofichajes nashri jurnalistlari madridliklar “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldga xaridor bo‘layotganini yozdi.

25 yoshli futbolchi klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2016 yildan beri Yurgen Klopp qo‘l ostida asosiy jamoada o‘ynab kelmoqda.

Trentning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Shuni inobatga olib, madridliklar himoyachini 60 million evroga transfer qilmoqchi. Yozda bosh murabbiy Yurgen Kloppning klubdan ketishi bu transferni amalga oshirish imkonini ko‘taradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!