
"Real" Luninni yana ijaraga berib yubordi
"Real" darvozaboni Andrey Lunin faoliyatini "Ovedo" klubida davom ettiradi.
Madrid klubi 20 yoshli darvozabonni 2020 yilning 20 iyun kuniga qadar ijaraga berganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, ukrainalik darvozabon mavsumni "Valyadolid" klubida boshlagan edi, ammo o‘yin amaliyoti etarl bo‘lmagani uchun madridliklar darvozabonni ortga qaytarishdi.
Joriy mavsumda Lunin La Liga doirasida birorta uchrashuvda maydonga tushirilmadi, Ispaniya Kubogida esa 2 ta bahs o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Segundada ishtirok etadigan "Ovedo" klubi 22 ta turdan so‘ng, 17-o‘rinni egallab turipti.
Fikrlar