Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real Madrid" himoyachisi bugungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Futbolchida shamollar alomatlari kuzatilgan

"Real Madrid" himoyachisi Raul Asensio payshanba kuni jamoa mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Bu haqda Madrid klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, "Asensio grippga o‘xshash alomatlar sababli mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi".

Hozirda "Real" Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Alvaro Arbeloa shogirdlari peshqadam "Barselona"dan bir ochkoga orqada qolmoqda.

14 fevral, shanba kuni "Real" o‘z maydonida "Real Sosedad"ni qabul qiladi. "Santyago Bernabeu" stadionidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00'da boshlanadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q