"Real Madrid" kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarda muammolarga duch kelmoqda
Yaqinda "Real Madrid" Chempionlar ligasi doirasida "Liverpul" mehmoni bo‘lib, 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. "Enfild"dagi ushbu natijadan so‘ng klub ichida kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlardagi muammolar borasida xavotir ortgani xabar qilinmoqda, deya yozadi "Marca".
Bu tendentsiya o‘tgan mavsumda ham kuzatilgan edi. Karlo Anchelotti boshqaruvida "Real" ko‘p hollarda yuqori darajadagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda qiynalgan. Hozirgi bosh murabbiy Xabi Alonso qo‘l ostida jamoa nomiga qaraganda kuchsizroq raqiblarga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Biroq jiddiy uchrashuvlarda qiyinchiliklar hali ham saqlanib qolmoqda — bunga sentyabrdagi "Atletiko"ga qarshi 2:5 hisobida yakunlangan derbi va yaqinda Angliyadagi mag‘lubiyat misol bo‘la oladi.
Xabi Alonso joriy yil iyun oyida bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Hozirgi paytda "Real" La Liga turnir jadvalida 11 turdan so‘ng 30 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda va yaqin ta’qibchi "Barselona"dan 5 ochkoga oldinda.
Fikrlar