"Real Madrid" "Real Sosyedad"ni yirik hisobda mag‘lub etdi va peshqadamlikka chiqdi
La Liganing 24-turida "Real Madrid" o‘z maydonida "Real Sosyedad"ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Hisob 5-daqiqada ochildi — mezbonlar hujumchisi Gonsalo Garsiya Trent Aleksander-Arnoldning uzatmasidan so‘ng aniq zarba berdi. 21-daqiqada esa Mikel Oyarsabal Din Hausen qo‘polligi uchun belgilangan penaltini golga aylantirdi.
25-daqiqada "qirollik klubi" vingeri Vinisius Zhunior o‘zi ishlab olgan penaltini aniq ijro etdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Federico Valverde jamoasining ustunligini oshirdi.
48-daqiqada Vinisius yana bir bor nuqtadan aniq harakat qilib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Bu g‘alabadan so‘ng "Real Madrid" ochkolarini 60 taga yetkazib, musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. "Barselona" hisobida 58 ochko bor va yana bir zahira o‘yini mavjud.
Fikrlar