"Real Madrid" yarim himoyachisi bilan xayrlashdi

  • 29 iyul, 20:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi o‘zining rasmiy saytida e’lon joylashtirdi. Unda aytilishicha yarim himoyachi Mario Martin klubni tark etdi. 2026 yilning 30 iyuniga qadar Martin "Xetafe" safida ijara huquqi bo‘yicha klublar kelishuvga erishdi.

Tecno

Mario Martin "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024/2025 yilgi mavsumda yarim himoyachi boshqa klub - "Valyadolid"da ijara asosida o‘ynadi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 21 yoshli Martinni 1,5 million evroga baholamoqda.

 "Real"ning asosiy jamoasi safida Mario Martin 4 ta o‘yinni samarasiz o‘tkazishga ulgurdi.

La Liganing navbatdagi mavsumi 1-turida "Xetafe" "Selta"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!